59 fuqaro nomiga 1,6 mlrd so‘m mikroqarz rasmiylashtirgan firibgarlar aniqlandi
Bir qancha fuqarolar hujjatlarni soxtalashtirib, katta miqdordagi pullarni o‘zlashtirgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani bo‘limi tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda firibgarlik holati aniqlandi.
Jumladan, bir qancha fuqarolar «J.I» korxonasida ishlamagan 59 nafar fuqaro nomiga soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali bank muassasasidan jami 1,6 mlrd so‘m mikroqarz olishga erishib, ushbu mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

09:22
Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

14:10 / 14.05.2025