Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi
Poytaxt tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar qayd etildi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» Toshkent shahar filiali xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz
Bugun, 12 yanvar kuni Uchtepa hamda Olmazor tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi PS «DOK» RP Hasanboy hamda PS «Karavan» nimstansiyalaridan chiquvchi quvvati 10 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmog‘i shikastlanishi natijasida favqulodda avariya holatida elektr ta’minotida o‘chishlar yuzaga keldi.
Natijada:
Uchtepa tumanining: «Ko‘rkamobod», «Quyidarxon», «Xurshid», «O‘tkir», «O‘rikzor» hamda «Zarafshon» MFY hududlarida;
Olmazor tumanining: «Ahil» hamda «Gulzor» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarida avariya holatida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.
Ayni vaqtda, «Hududiy elektr tarmoqlari» Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Uchtepa hamda Olmazor TETK tezkor chiqish brigadalari tomonidan mazkur holat nazoratga olinib, nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48 / 25.07.2025
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

22:49 / 24.07.2025