Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda uch avtomobil to‘qnashuvida haydovchilardan biri vafot etdi
Katta tezlikda harakatlangan Nexia haydovchisi oraliq masofani saqlamagan va oldinda ketayotgan Spark bilan to‘qnashib, ariqqa ag‘darilgan.

Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida uchta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida haydovchilardan biri halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa 2023 yil 2 yanvar kuni soat 23:20 larda Sariosiyo tumani Shabnam mahallasidan o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan.
Sariosiyo tumani markazi tomon ketayotgan Nexia o‘zidan oldinda ketayotgan Spark mashinasi bilan to‘qnashgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib ariqqa tushib ketgan va ag‘darilgan.
Spark qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va to‘g‘ridan kelayotgan Lacetti bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Nexia mashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda Nexia haydovchisi juda katta tezlikda harakatlangani va oraliq masofani saqlamagani aniqlangan.
Mavzuga oid

19:52 / 04.08.2025
Toshkentda skuter yo‘lovchisi Lacetti va Isuzu bilan to‘qnashuvda vafot etdi

18:45 / 01.08.2025
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

12:33 / 01.08.2025
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi

14:38 / 31.07.2025