Toshkentda uy talashgan maklerlar janjali shifoxona va jinoyat ishi bilan yakunlandi
Toshkent shahrida maklerlar uy talashib, janjallashishi tan jarohat bilan yakunlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Foto: Tergov departamenti
2023 yil 3 yanvar kuni soat 20:30 larda 23 yoshli S.U. «maklerlik» faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, tanishi 21 yoshli F.K. bilan Chilonzor tumani 16-dahasida joylashgan Yu.J.ning ijaraga berayotgan uyiga ikkalasi ham bir mizojni olib borishi o‘rtalarida o‘zaro janjal kelib chiqishiga olib kelgan.
Oqibatda, ushbu uyning oldida S.U. jahl ustida qo‘lida bo‘lgan noma’lum jism bilan F.K.ning qorin sohasiga urib, unga tan jarohati yetkazgan.
F.K. olgan tan jarohatlari bilan RShTIYoMga “qorin oldi devori sanchilib kesilgan jarohati, taloq va buyrak shikastlanishi” kabi tan jarohati bilan murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:42
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi

21:59 / 13.05.2025
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 48 mln so‘m so‘ragan shaxs ushlandi

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

09:50 / 09.05.2025