UnionPay Rossiya banklari kartalari bo‘yicha naqd pul yechib olishga limit joriy qildi
Rossiya banklari tomonidan chiqarilgan UnionPay kartalari bilan bankomatda mavjud naqd pul miqdori kuniga 50 000 yuan bilan cheklangan.

Foto: Reuters
Xitoyning UnionPay to‘lov tizimi Rossiya banklari tomonidan chiqarilgan kartalar yordamida Rossiyadan tashqarida naqd pul yechib olishga cheklovlar kiritdi. Bu haqda 29 dekabr, payshanba kuni "Primore" banki ma’lum qildi.
Bank matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bir kun ichida yechib olish mumkin bo‘lgan naqd pulning maksimal miqdori 50 000 yuan bilan cheklangan (qayta hisobda: Rossiya Markaziy bankining 29 dekabrdagi kursi bo‘yicha 507,3 ming rubl) yoki boshqa valutadagi ekvivalenti. Yil davomida 500 000 yuangacha (5,1 million rubl) yechib olish mumkin. «Agar bankomatlardan belgilangan limitdan ortiq naqd pul yechib olish zarurati tug‘ilsa, bank tariflari bo‘yicha qo‘shimcha UnionPay kartasini chiqarishni tavsiya qilamiz», — deyiladi xabarda.
UnionPay to‘lov tizimining veb-saytida ko‘rsatilgandek, u bilan ishlaydigan kartalar Rossiyada "Bank Russkiy Standart", "Ms-Bank", "Rosselxozbank", Bank GPB AO, bank "Solidarnost", "Bank Sankt-Peterburg", bank "VBRR", "Primsotsbank", "Primore", bank "Zenit" va "Pochta bank" tomonidan chiqarilgan.
Shu bilan birga, ushbu banklar bilan bog‘langan Rossiya ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga ko‘ra, ularning hammasi ham cheklovlar kiritilganligi haqida bilishmaydi.
Mavzuga oid

16:59 / 14.04.2025
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

10:30 / 14.04.2025
Shols Rossiyaning Sumi shahriga zarbasini «vahshiyona hujum» deb atadi

22:54 / 13.04.2025