Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odamsiz qolgan qishloqlar va front chizig‘idagi Zelenskiy. Urush suratlari
Ukrainada urushning 300-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Volodimir Zelenskiy Baxmutga keldi. Ukraina prezidenti frontdagi askarlarga nishonlar topshirdi. Vladimir Putin esa Kremldagi marosimda «o‘z askariy burchlarini bajarayotgan va yangi hududlarda yangi turmush tarzi yo‘lga qo‘yilishida yordam berayotgan» harbiylarga Rossiya Qahramoni yulduzlarini topshirdi. U shuningdek Ukrainaning annexia qilingan hududlari rahbarlari hamda RT bosh muharriri Margarita Simonyanni ordenlar bilan taqdirladi.
- AQSh BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni «Rossiyaning tahdidlariga yon berish»da va Ukrainaga Rossiya ukrainlarning infratuzilmalariga hujum qilishda qo‘llayotgan kamikadze dronlarini tekshirish uchun rasmiy delegatsiya jo‘natmaslikda aybladi.
- «Net v***ye!» yozuvi orqali «Net voble!» demoqchi bo‘lganini isbotlab bera olgan Tyumenda yashovchi ayolga ish qayta ko‘rib chiqilgach, «armiyani obro‘sizlantirgani» uchun ma’muriy jarima belgilandi.
- Rossiya IIV galerist va kolleksioner Marat Gelmanni (Rossiyada «xorijiy agent» deb topilgan) qidiruvga berdi. Gelmanni qanday modda bo‘yicha qidirishayotgani noma’lum.
- Belgorod, Bryansk va Kursk oblastlari gubernatorlari ushbu regionlar o‘qqa tutilgani haqida xabar berishdi. Belgorod oblastida zarbalar natijasida chegaradagi Shebekin posyolkasi aholisining uchdan bir qismi toksiz qolgan. Bryansk oblastida, region rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ma’muriyat binosi va avtomobil shikastlangan. Kurskda — uchta turar joyga zarba kelib tushgan.
Quyida 20 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Donbassdagi shahar va qishloqlarning urushning 300 kunidan keyingi ko‘rinishi

Ionut Iordanescu / AFP / Scanpix / LETA

Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA

Chris McGrath / Getty Images

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Pierre Crom / Getty Images
Volodimir Zelenskiyning Baxmutga tashrifi
Urushning 300-kunida Volodimir Zelenskiy ukrain qo‘shinlarining Baxmutdagi pozitsiyalariga tashrif buyurdi. Prezident front chizig‘idagi jangchilarga nishonlar topshirgan va ularning oilalariga sog‘liq, issiqlik va yorug‘lik tilagan.




Kiyevning yangi yil oldidan ko‘rinishi

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Kramatorskda Avliyo Mikolay bayrami

Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA

Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari


Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

21:16
Zelenskiy Tramp bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha «samarali suhbat» o‘tkazdi

16:52
Zelenskiy urushda Rossiya tomonida jang qilayotgan o‘zbekistonliklar haqida gapirdi

11:42
Ukrainada Luxansk viloyati ma’muriyati sobiq rahbari Sergey Gayday hibsga olindi

11:10