Andijonda YHXB xodimi o‘z mashinasida ikki fuqaroni urib yubordi. Yo‘lovchilardan biri vafot etgan
Xodimning “Spark” rusumli avtomobili harakat vaqtida muzlamada sirpanib ketgan va yo‘l chetida ketayotgan ikki piyodani urib yuborgan.

Foto: YHXB axborot xizmati
Andijon viloyati YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, avtohalokat 2022 yil 9 dekabr kuni soat 22:00 larda sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimi E.M. xizmatdan so‘ng Asaka tumani, “Qashqar” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-112Ye avtomobil yo‘lining 2-kilometrida “Spark” rusumli avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomobil ko‘prigi ustidagi muzlamada transport vositasi sirpanib ketgan va rul boshqaruvini yo‘qotib, qatnov qismining chetidan ketayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan.
Oqibatda, 1994 yilda tug‘ilgan piyoda M.K. olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, 2004 yilda tug‘ilgan piyoda A.K. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Andijonda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida to‘rt nafar yo‘lovchi vafot etganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

09:04 / 18.04.2025
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

20:21 / 16.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Andijonda «Imkoniyatlar olami» markazi bilan tanishdi

16:04 / 16.04.2025
Samarasiz issiqxonalar Andijonga ko‘chirilib, aholiga beriladi

17:56 / 15.04.2025