Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
“Kamaz”dagi saylovchilar, 40-yillardagi tug‘ruqxona va Tamaraxonim - o‘tgan asrdan fotojamlanma
1920-50-yillardagi O‘zbekistonni fotojurnalist Maks Pensonning suratlarisiz tasavvur qilish qiyin. Kun.uz uning 30 mingdan ortiq suratlari orasidan o‘zbeklar hayoti muhrlangan qismlarini jamladi.
Maks Penson o‘zbek va sovet davri fotografiyasining ko‘zga ko‘ringan vakili bo‘lib, uni rus avangardining mashhur vakili Sergey Eyzenshteyn e’tirof etgan. Asarlari butun dunyo bo‘ylab ko‘rgazmalarda namoyish etib kelingan.
Eski Toshkentda 5 kishi o‘q otishni mashq qilyapti. 1930 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesSaylovda qatnashayotgan yosh qizlar. 1937 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesKabrioletga o‘tirgan ayollar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesFarhod GESni qaziyotgan odamlar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesFarhod GESni qaziyotgan odamlar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesFarhod GESni qazishga butun respublikadan hasharchilar kelgan. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesToshkentdagi tug‘uruqxonalarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesKirov portreti fonida sinf partalarida o‘tirgan bolalar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesRus tili o‘qituvchisi dars o‘tyapti. 1929 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesToshkent soati atrofida otilgan salyut. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesMato quritish jarayoni. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Maks Penson – 1893 yilda Rossiyaning Smolensk viloyatidagi kitob muqovalovchi yahudiy oilasida tug‘ilgan fotojurnalist. Penson va oilasi 1914 yilda yahudiylarga bosim boshlanganda Qo‘qonga majburan jo‘natilgan.
U 1917 yilgi inqilobdan keyin Qo‘qon inqilobiy qo‘mitasi qoshida san’at maktabini tashkil qiladi. O‘zi shu maktabga direktor bo‘lib, 350 nafar o‘zbek bolalariga chizmachilikdan dars beradi. 1921 yilda fotoapparat olgach, hayoti keskin o‘zgarib ketadi. 1920–1940 yillarda O‘zbekiston va sovet ittifoqida mashhur fotografga aylanadi.
Suratlarida asosan O‘zbekiston aholisi va iqtisodiy hayotini aks ettiradi. Shunday qilib, 1940 yilda galereyasida 30 mingdan ortiq fotosurat bor edi.
Naqd pul berayotgan kassir. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesOliy Kengashning majlislar zali, Toshkent. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesLenin byusti yonida shaxmat o‘ynayotgan bolalar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesOliy Kengashga saylovga yuk mashinasida ketayotgan saylovchilar, 1946 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesKechki ovqatdagi o‘zbek oilasi. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesParanji kiygan ayol yonida to‘plangan o‘smir qizlar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesQishloqdagi pionerlar guruhi dala bo‘ylab qo‘shiq kuylab ketmoqda. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesO‘tov kiraverishida profilaktika uchun ko‘z dorisini tomizayotgan shifokor. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesHosilni qoplarda tashiyotgan dehqonlar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesMis idish sotuvchisi. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Keyinchalik Penson Toshkentga ko‘chib o‘tib, 1926-1949 yillarda O‘rta Osiyodagi eng yirik gazeta – “Pravda Vostoka” (Sharq haqiqati)da ish boshlaydi. 1930 yillarda O‘zbekistonda davlat qurilishi va paxta yetishtirishni sanoatlashtirish jarayonlarida olgan suratlari TASS sovet axborot agentligida chop etiladi.
1933 yilda uning fotosuratlari sovet ittifoqidagi iqtisodiy taraqqiyotni aks ettirgan “SSSR: qurilmoqda” nomli to‘plamdan joy egallagan.
Ot-aravada yuk tashiyotgan bola. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesAyol kolxozchilar 5 yillik rejani muddatidan oldin bajarish targ‘ib qilingan bayroqni ko‘tarib olgan. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesToshkentning eski shahridagi ko‘cha sartaroshi. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesSirdaryo qirg‘og‘idagi baliqchilar. 1920-30 yillar / Foto: Maks Penson / Getty ImagesMilliy atlasdagi ikki o‘zbek qizi. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
Stalin davrida yahudiylarga qarshi harakatlar boshlangan 1948 yilda Penson 25 yil ishlagan “Sharq haqiqati” gazetasini tashlab ketishga majbur bo‘ladi.
Fotografning 3 nafar farzandi bor. O‘g‘li Miron Penson sovet davrida mashhur kinematograf bo‘lgan. Nabirasi Maksim Penson – tijoriy suratkash, noshir, dizayner va tarjimon.
Qarindoshlari ham san’at kishilari bo‘lgan. Ron Arad ismli qarindoshi isroillik dizayner, san’atkor, arxitektor bo‘ladi. Atar Arad – isroillik skripkachi, Boris Penson esa “To‘y operatsiyasi” hujjatli filmida ishtirok etgan.
Penson 1959 yil Toshkentda vafot etadi.
O‘rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti olimlari kanallarning modellari bilan tanishmoqda. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesTog‘li hududlarda yerni otda kultivatsiya qilish jarayoni. 1920 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesArg‘imchoqda uchayotgan ikki qiz. 1950yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesIpak qurtini ajratayotgan ayollar. Farg‘ona. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesAyol dalada katta patnisda sabzavotlarni tutib suratga tushmoqda. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images
1966 yildagi Toshkent zilzilasi Pensonning suratlariga ham shikast yetkazgan. Asarlarining ma’lum bir qismi zilzilada yo‘qolib ketgan. O‘sha paytda oilasi suratlarining zilziladan omon qolgan qismini qayta ishlab, olib qolgan.
Suyak sili sanatoriysida. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesUzum uzayotgan ishchilar. 1940-50 yillar/ Foto: Maks Penson / Getty ImagesYangi mototsiklni sinab ko‘rayotgan yigit. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesToshkentdagi park minorasiga parashyutni tomosha qilishga kelgan qizlar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesStalinning kitoblarini ko‘tarib ketayotgan qiz. 1930-1940 yillar oralig‘i / Foto: Maks Penson / Getty ImagesAtlas shim kiygan ikki akrobat. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesMashhur raqqosa Mukarram Turg‘unboyeva. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesTaniqli raqqosa Tamaraxonim, sozandalar bilan. 1930 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesPionerlar va maktab o‘quvchilarining 1 may paradi. 1930 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesKanal bo‘yida dam olayotgan ishchilar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesToshkent rasadxonasida teleskopga qarayotgan astronom. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesBuxoroda suv tashiyotgan chol. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesBedana qafasi. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesGES quvurlarini payvandlayotgan payvandchilar. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images“Qizil O‘zbekiston” gazetasidan Maksim Gorkiy o‘lgani haqidagi xabarni o‘qiyotgan odamlar. 1936 yil / Foto: Maks Penson / Getty ImagesHoja Ahror Vali maqbarasi. 1940 yil / Foto: Maks Penson / Getty Images