Umraga borishni istagan fuqarolar pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanida Umra ziyoratiga borishni istagan fuqarolarni aldab, pulini o‘zlashtirib yuborgan shaxs qo‘lga olindi.
Andijon viloyati prokuraturasi xabariga ko‘ra, F.A. Xo‘jaobod tumanidan Umra mavsumida ziyoratga borish istagini bildirgan 74 nafar fuqarodan jami 1,4 milliard so‘m naqd pullarni olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirgi vaqtda Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

09:04 / 18.04.2025
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

20:21 / 16.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Andijonda «Imkoniyatlar olami» markazi bilan tanishdi

16:04 / 16.04.2025
Samarasiz issiqxonalar Andijonga ko‘chirilib, aholiga beriladi

17:56 / 15.04.2025