O‘zbekiston Rossiyaga 7 ming tonna anor yetkazib berdi
O‘zbekiston 9 oyda 12 ming tonnadan ortiq anor eksport qilgan.

Foto: Pixabay
O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 12,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 12 ming tonnadan ortiq anor eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, anor eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston 2022 yilning 9 oyida eng ko‘p anor eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilyapti – 7,2 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qozog‘iston – 3,2 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 731 tonna;
- Tojikiston – 560 tonna.
9 oyda xorijga eng ko‘p anor eksport qilgan hududlar:
- Farg‘ona viloyati – 3,9 ming tonna;
- Namangan viloyati – 1,5 ming tonna;
- Toshkent viloyati – 1,4 ming tonna;
- Qashqadaryo viloyati – 1,3 ming tonna.
Mavzuga oid

18:53 / 07.06.2025
«Vagner» tarkibiga yollangan o‘zbekistonlik sudlandi

13:16 / 07.06.2025
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»

10:22 / 07.06.2025
Ekspertlar: Rossiyaga bombardimonchilarni almashtirish uchun yillar kerak bo‘ladi

09:41 / 07.06.2025