O‘zbekiston Erondan qanday oziq-ovqat mahsulotlari sotib olayotgani ma’lum bo‘ldi
Erondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-avgust oylarida Erondan import qilgan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmida olma birinchi o‘rinni egallab turibdi – 15,7 ming tonna.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan mos ravishda 5,6 ming tonna va 3,9 ming tonnalik ko‘rsatkich bilan kartoshka hamda sut mahsulotlari joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- choy – 528 tonna;
- mandarin – 362 tonna;
- o‘simlik yog‘i – 51,1 tonna;
- tovuq go‘shti – 21,5 tonna;
- kakao va shokolad – 2 tonna.
Mavzuga oid

12:50 / 31.05.2025
OAV: AQSh Eronga hujum qilish tahdidi tufayli Isroil bilan harbiy hamkorlikni muzlatdi

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi

20:49 / 15.05.2025