Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:35 / 04.10.2022
5371
2 daqiqa o‘qiladi
Nomida «O‘zbekiston» rasmiy nomidan foydalanish huquqiga ega yuridik shaxslar ma’lum qilindi
Ayrim yuridik shaxslar o‘z nomlari va ramzlarida «O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» rasmiy nomlaridan, shuningdek ulardan hosil so‘zlardan foydalanish huquqiga ega.

Foto: Shutterstock
«Davlat xizmatlari yangiliklari» kanalida yozilishicha, ular quyidagilar:
- O‘zbekiston qonunlariga, Oliy Majlis palatalari qarorlariga, O‘zbekiston prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarga tutilgan bo‘lsa;
- hukumat qaroriga ko‘ra tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari hamda davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari;
- ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari;
- yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan birlashmalari;
- respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, nomlarida bosh tashkilot to‘liq nomi ko‘rsatiladigan ular alohida bo‘linmalari;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.
Mavzuga oid

00:57 / 21.07.2025
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»

21:30 / 02.07.2025
Bokuda 8,5 gektar maydonda «O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025