“LXR” jamoatchilik palatasi zudlik bilan Rossiyaga qo‘shilish to‘g‘risida referendum o‘tkazish taklifi bilan chiqdi
22 fevral kuni Rossiya “Lugansk xalq respublikasi” mustaqilligini tan olgandi.

Foto: Videodan kadr
O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (“LXR”) jamoatchilik palatasi region rahbari Leonid Pasechnikdan “LXR”ni Rossiya sub’yekti deb tan olish to‘g‘risida zudlik bilan referendum o‘tkazishni so‘radi.
Palata a’zolarining ishonch bildirishicha, region aholisi Rossiyaga qo‘shilish to‘g‘risida referendum o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi.
Palata tomonidan referendum o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va ko‘rib chiqish uchun “LXR” rahbari va xalq kengashiga yuboriladi.
Rossiya 22 fevral kuni “Lugansk xalq respublikasi” mustaqilligini tan olgandi.
Mavzuga oid

12:01
OAV: Rossiyada yuzga yaqin dezertir yana harbiy qismdan qochishga urindi

10:36
Rossiya Barens dengizi to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqdi

23:11 / 18.04.2025
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda

22:04 / 18.04.2025