Mers Putinni 12 maydan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Moskvaning o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga roziligi «haqiqiy muzokaralarni amalga oshirishning yagona yo‘li», dedi Germaniya kansleri.

Foto: Kay Nietfeld/dpa/picture alliance
Germaniya kansleri Fridrix Mers 11 may, yakshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinni 12 maydan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishga chaqirdi. «Agar Rossiya tomoni hozirda muzokaralarga tayyorligini bildirayotgan bo‘lsa, bu yaxshi belgi. Biroq, bu yetarli emasligi aniq», — dedi Mers.
Germaniya kanslerining so‘zlariga ko‘ra, Moskvaning o‘t ochishni to‘xtatishga roziligi «haqiqiy muzokaralar o‘tkazishning yagona yo‘li»dir. «Avval qurollar jim bo‘lishi kerak, keyin muzokaralar boshlanishi mumkin», dedi Mers. U, shuningdek, Kiyev 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini bildirganini ta’kidladi.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham xuddi shunday bayonot bilan chiqqan edi. U ukrainaliklar bombardimon qilinishda davom etar ekan, muzokara olib borilishini qabul qilib bo‘lmas deb atadi.
Bundan oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga «mojaroning asl sabablarini bartaraf etish va tarixiy istiqbolga ega uzoq muddatli, mustahkam tinchlik o‘rnatish uchun» 15 may kuni Istanbulda urushni tugatish bo‘yicha oldindan hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi. Shu tariqa u Ukraina va Yevropaning to‘rtta davlatining 12 maydan boshlab 30 kunlik otashkesim haqidagi taklifiga to‘g‘ridan to‘g‘ri izoh bermagan bo‘lsa-da, javob qaytardi.
Mavzuga oid

23:06
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi

09:13 / 30.05.2025
Zelenskiy: TAURUS'ni Ukrainaga yetkazib berish Mers bilan muhokama qilindi

15:50 / 29.05.2025
Germaniyada uch nafar rossiyalik josusga ayblov e’lon qilindi

15:05 / 29.05.2025