Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida yirik YTH oqibatida 4 kishi vafot etdi
Qamchiq dovonida yuk mashinasi haydovchisi bir necha avtomobil bilan to‘qnashgan va keyin yong‘in chiqqan.

Foto: FVV matbuot xizmati
Qamchiq dovonida 10 sentabr kuni odamlar o‘limi bilan yakunlangan yirik YTH yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, YTH 10 sentabr kuni soat 22:46 da Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘li 247-kilometrida sodir bo‘lgan. Farg‘ona vodiysi tomon harakatlanayotgan Isuzu yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, bir nechta avtomobillarni urib yuborgan. To‘qnashuv natijasida ayrim avtomobillar yonib ketgan.
Hodisa oqibatida voqea joyida 3 kishi halok bo‘lgan, 5-7 kishi jarohatlangan. Zudlik bilan hodisa joyiga FVVning «Qamchiq» Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasidan 2 ta ekipaj va 1 ta avtoevakuator yetib borgan hamda yonayotgan mashinalar soat 23:50 da o‘chirilgan.
Shuningdek, qutqaruvchilar tomonidan voqea joyida jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan. Oradan oz vaqt o‘tib shifoxonada yana bir nafar fuqaro vafot etgan.
Hozirda Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun ochiq.
Mavzuga oid

19:52 / 04.08.2025
Toshkentda skuter yo‘lovchisi Lacetti va Isuzu bilan to‘qnashuvda vafot etdi

18:45 / 01.08.2025
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

12:33 / 01.08.2025
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi

14:38 / 31.07.2025