Qozog‘iston elchisining O‘zbekistondagi missiyasi yakunlandi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Qozog‘iston favqulodda va muxtor elchisi Darxon Sotiboldini qabul qildi.

Foto: UzA
Uchrashuvda elchining O‘zbekiston – Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.
Vazir D.Sotiboldini Turkiston viloyati hokimi lavozimiga tayinlangani bilan tabriklab, unga kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Tomonlar turli sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbolini muhokama qildilar.
Elchi O‘zbekiston tomoniga diplomatik faoliyatini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlagani va yaratilgan sharoitlar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
U, shuningdek, do‘st bo‘lib qolish barobarida O‘zbekiston – Qozog‘iston aloqasini mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid

20:14 / 06.06.2025
Qozog‘iston harbiylari Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tadi

14:03 / 06.06.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qiladi

00:15 / 06.06.2025
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi

13:59 / 05.06.2025