Shvetsiya sohilida 300 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan paromda yong‘in chiqdi
Voqea joyiga uchta vertolyot va yettita kema jo‘natilgan, yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish boshlangan.

Foto: AP
Shvetsiya sohilida bortida 300 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtomobil paromida yong‘in chiqdi.
Frans Press agentligining xabar berishicha, paromda qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.
Dengiz ma’muriyati vakili Yonas Fransenning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyiga uchta vertolyot va yettita kema jo‘natilgan, yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish boshlangan.
Stena Scandica paromi Shvetsiyaning Gotska-Sandyon oroli yaqinida bo‘lgani aytilmoqda.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar va yong‘in sababi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Mavzuga oid

10:41 / 03.07.2025
Bali sohillari yaqinida parom cho‘kib ketdi

13:47 / 28.06.2025
O‘zbekiston onkologik kasalliklarga qarshi kurashishda Shvetsiya bilan hamkorlik qiladi

10:33 / 25.06.2025
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida migratsiya sohasida kelishuv imzolandi

22:32 / 06.06.2025