Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida migratsiya sohasida kelishuv imzolandi
O‘zbekistonliklar qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha Shvetsiyaga ishga yuboriladi.

Foto: Migratsiya agentligi
Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev va Shvetsiya migratsiya vaziri Yohan Forssell o‘rtasida O‘zbekiston va Shvetsiya migratsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Konstruktiv muloqotda noqonuniy migratsiyaning oldini olish, inson huquqlarni himoyalovchi, qulay, shaffof tashkillashtirilgan migratsiya mexanizmlarini yaratish masalasi muhokama qilindi.
Bugungi kunda Shvetsiyadagi demografik jarayonlar tufayli transport, qurilish, sanoat, tibbiyot, ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohalarida kadrlar yetishmovchiligi kuzatilyapti. O‘zbekiston ushbu mamlakat mehnat bozoriga malakali mutaxassislarni tayyorlash va olib kirish uchun yetarli salohiyatga ega.
Tomonlar quyidagi asosiy tashabbuslarni ilgari surdi: ikki mamlakat o‘rtasida markazlashtirilgan raqamli platforma yaratish, qurilish, logistika va tibbiy xizmatlar yo‘nalishlariga ish beruvchilar talabi asosida o‘zbekistonlik yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va Shvetsiyada bandligini ta’minlashga qaratilgan pilot loyihalarini boshlash.
Shuningdek, uchrashuv doirasida migratsiya va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik haqida qo‘shma deklaratsiya imzolandi, bu hamkorlik nolegal migratsiyaga chek qo‘yish, axborot almashish va konsullik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
“Ishonchim komilki bugun imzolangan tarixiy hujjat, O‘zbekiston – Shvetsiya munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, va kelajakdagi faol hamkorligimiz uchun muhim qadam bo‘ldi. Mamlakatingizga ilk bor kelgan bo‘lsamda, jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot, qolaversa barcha sohalardagi ijobiy imkoniyatlar menda juda ijobiy hissiyotlar qoldirdi”, - dedi Shvetsiya migratsiya vaziri Yohan Forssell.
Mavzuga oid

12:01 / 08.08.2025
Novosibirskda mushkul ahvolda qolgan uch kishi O‘zbekistonga qaytarildi

19:20 / 07.08.2025
Rossiya Ta’lim vazirligi migrantlarning farzandlarini pullik o‘qitish g‘oyasiga qarshi chiqdi

11:00 / 07.08.2025
Xorijga viza olish va ishga jo‘natishni va’da qilgan firma odamlarni aldab ketgani aytilmoqda

20:09 / 04.08.2025