O‘zbekiston | 10:46 / 10.08.2022
6559
1 daqiqa o‘qiladi
Besh nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi
Sudyalar oliy kengashi yig‘ilishi kun tartibidan ayrim sudyalar vakolatini muddatidan ilgari tugatishga oid masala o‘rin oldi.
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muhokamalar yakunida kengash qarori bilan besh nafar sudya vakolati muddatidan ilgari tugatildi.
Ular:
- Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi S.Tursunov;
- Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi A.Yo‘ldoshev;
- Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudi sudyasi B.Jo‘rabekov yozma arizalariga ko‘ra;
- Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudyasi I.Hakimova odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgani uchun;
- Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudi raisi Sh.Sharipov vafot etgani munosabati bilan lavozimlaridan ozod etilib, vakolati muddatidan ilgari tugatildi.
Mavzuga oid

23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi

13:13 / 18.02.2025
AQShda sudya do‘kon o‘g‘rilarini mashina yuvdirish bilan jazolashni taklif qildi

11:10 / 12.02.2025
Fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi

13:24 / 06.02.2025