Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi vakolatlar berilishi mumkin
Oliy Majlis deputatlari aholi o‘rtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish tizimini takomillashtirilishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Qonun loyihasi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash uchun foydalaniladigan tarkibida yod bo‘lgan preparatlarni, ularga qo‘yiladigan talablarni, osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlashga, yodlangan tuzni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga va realizatsiya qilishga qo‘yiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini belgilash hamda uning nazoratini olib borish vakolatlari belgilanmoqda.
Deputatlarning ta’kidlashicha, mazkur qonun loyihasi qabul qilinishi aholi salomatligini muhofaza qilish, yod yetishmasligi kasalliklarini profilaktika qilish, o‘sib kelayotgan avlodning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Aholining ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan sifatli va xavfsiz bo‘lgan osh tuzi bilan ta’minoti to‘liq qoplanadi.
Aholi o‘rtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi 24 yanvar kuni birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilgandi.
Mavzuga oid

15:16 / 14.05.2025
Davlat shifoxonalaridagi pulli xizmatlar qimmatlashadi

16:28 / 07.05.2025
Tibbiy o‘quv muassasalari bitiruvchilari va shifokorlar tayyorgarligini baholash milliy markazi tashkil etiladi

16:19 / 07.05.2025
Samaradorligi isbotlanmagan dorilar davolash protokollaridan chiqariladi

15:46 / 07.05.2025