Ta’lim muassasalarida 37,7 mlrd so‘mlik moliyaviy qonunbuzilishi holatlari aniqlandi - XTV
Ta’lim muassasalarida 37,7 mlrd so‘mlik moliyaviy qonunbuzilishi (shundan 10,4 mlrd so‘mlik o‘zlashtirish) holatlari aniqlandi. Bu haqda AOKAda xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov, vazirlik ichki audit xizmati boshlig‘i Burxon Ahmedov, vazirlik departamenti boshlig‘i Ilhom Sirojyev ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Foto: Telegram / Rasmiy_xabarlar_Official
2022 yil birinchi yarim yilligi davomida aniqlangan ushbu holatlar bo‘yicha huquqiy baho berish va qonuniy chora ko‘rish maqsadida tarkibida jinoyat alomatlari bo‘lgan 37,6 mlrd so‘mlik o‘rganish materiallari huquq-tartibot organlariga taqdim etildi.
Moliyaviy qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilgani uchun tizimdagi 125 nafar mas’ul shaxsga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari ko‘rilgan.
Qayd etilishicha, shundan 89 nafar mas’ul xodimga nisbatan hayfsan e’lon qilingan, 16 nafar mas’ul xodimga nisbatan jarima qo‘llanilgan hamda 20 nafar mas’ul xodim lavozimidan ozod etilgan.
Vazirlik ichki audit xizmatining joriy yil birinchi yarim yillik davridagi faoliyati natijasida 270,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar oldi olinishiga erishildi.
Mavzuga oid

16:00 / 03.06.2025
Qishloqdan xalqaro maydon sari: 30 dan ortiq mamlakatda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan o‘zbek qizi hikoyasi

15:31 / 03.06.2025
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?

18:41 / 29.05.2025
Samarqandda 15 davlat Markaziy banklari rahbarlari moliyaviy inklyuzivlik va “yashil moliya” bo‘yicha muloqot o‘tkazdi

11:37 / 26.05.2025