Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda bug‘doy ortib ketayotgan yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in oqibatida yuk mashinasining kabinasi yonib yaroqsiz holga kelgan. Unga ortilgan bug‘doyning 3 tonnasi saqlab qolingan.

Foto: FVB axborot xizmati
Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 24 iyun kuni soat 15:18 da M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Ishtixon tumani hududidan o‘tuvchi 52-kilometrida harakatlanib ketayotgan «Gaz-52» rusumli yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. O‘t o‘chiruvchilar hodisa joyiga soat 15:26 da yetib borgan va soat 15:32 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida yuk mashinasining kabina qismi qisman yonib, zararlangan. Unga ortilgan taxminan 3 tonna bug‘doy saqlab qolingan.
Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Urgut tumanida me’yordan ortiq somon toylari ortib harakatlangan yuk mashinasi yonib ketgandi.
Mavzuga oid

12:23
Qibrayda yashash uyi va qurilish mollari do‘koni yonib ketdi

11:55 / 21.07.2025
Qamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

09:26 / 21.07.2025
Chilonzorda avtomobil yonib ketishi oqibatida 4 kishi kuyish jarohati oldi

19:57 / 20.07.2025