Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi avtoturargohda turgan Isuzu yuk mashinasining gaz balloni portlab ketdi
Hodisa oqibatida yana bir nechta Isuzu yuk mashinasiga zarar yetgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, 2022 yil 23 iyun kuni soat 13:55 larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli 1-tor ko‘chasi, 6-uyda joylashgan “HAVAS FOOD” MChJga tegishli bo‘lgan avtoturargohda turgan Isuzu yuk mashinasining gaz balloni portlagan.
Oqibatda, yuk mashinasi jiddiy shikastlangan. Shuningdek, portlash zarbi tufayli avtoturargohda turgan yana bir nechta Isuzu yuk mashinasiga zarar yetgan.
Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.
SamAuto korxonasining ma’lum qilishicha, avtozavod tegishli davlat idoralari bilan birgalikda hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
«Texnik guruh dastlabki ekspertizani o‘tkazish va portlashlar sabablarini aniqlash uchun ichki ishlar organlariga surishtiruv ishlarida ko‘mak berish uchun voqea joyiga jo‘nab ketdi», deyiladi SamAuto korxonasi ma’lumotida.
Avvalroq Yangiyer shahrida Nexia-3 mashinasining gaz balloni portlagan va mashina butunlay yaroqsiz holga kelgandi. Shuningdek, portlash zarbi tufayli uning yonida turgan ikkita mashinaga ham zarar yetgandi.
Mavzuga oid

16:13 / 28.07.2025
Toshkent aeroporti qarshisidagi ko‘prik rekonstruksiyasining qiymati ma’lum bo‘ldi

13:15 / 28.07.2025
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025