Qamchiq dovonida Nexia pastlikka tushib ketdi
Boshqaruvni yo‘qotgan avtomobil Damas’ga urilgan.

Foto: Telegram / «Namanganliklar»
Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 233–234-kilometrlarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikkita avtomobil ag‘darildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 27 may kuni soat 19:21 larda Toshkent—Vodiy yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Nexia rusumli avtomashina haydovchisi yomg‘ir kuchli yog‘gani sabab o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Damas avtomashinasiga borib urilib, YTH sodir qilgan. Avariya oqibatida Nexia pastlikka tushib ketgan, Damas esa ag‘darilgan.
Ta’kidlanishicha, ko‘ngilsiz hodisa oqibatida jiddiy jarohat olgan fuqarolar yo‘q.
Mavzuga oid

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:14 / 11.04.2025
Namanganda YPX xodimlari noqonuniy olib ketilayotgan 360 ta iPhone’ni “qo‘lga oldi”

13:49 / 02.04.2025
Qamchiqda Hyundai miniveni xandaqqa quladi

16:51 / 08.03.2025