Sirdaryoda 170 tup tol daraxti kesib tashlandi

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi
Sirdaryo viloyati Guliston tumanida 170 tup daraxtning tepa qismi kesib ketildi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 2022 yilning 2 aprel kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan ishchi guruh tashkil etilgan. Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbiri jarayonida Sirdaryo viloyatining Guliston tumani Ishonch SIU hududidagi dala maydoni chetidagi jami 170 tup tol daraxtlarining tepa qismlarini noma’lum shaxslar kesib «ZIL» yuk avtomashinasiga ortib olib ketayotgan vaqtida viloyat ekologiya boshqarmasi nazorat inspeksiya xodimlari, viloyat IIB JTSB xodimlari bilan birgalikda voqea joyida ushlandi.
Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, yuk avtomashinasi ashyoviy dalillar bilan vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Ushbu harakatlar oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar 13 770 000 so‘mni tashkil etdi.
Mavzuga oid

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

00:08 / 04.06.2025
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi

16:47 / 02.06.2025
Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Bahri Tojik» suv omboridan birgalikda foydalanadi

07:53 / 30.05.2025