Nodira Umarova Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: Toshkent shahar hokimiyati axborot xizmati
Nodira Umarova Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, Nodira Umarova 1969 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat pedagogika instituti va prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi (hozirgi Davlat boshqaruvi akademiyasi)ni tamomlagan.
Qayd etilishicha, u 2018 yildan hozirgi vaqtgacha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi monomarkaz direktori bo‘lib ishlagan.
Bundan avval barcha davlat organlarida rahbarlarning kamida 1 nafar o‘rinbosari xotin-qizlar orasidan tayinlanishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid

21:02 / 19.06.2025
11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgan pedofil uzoq muddatga qamaldi

18:13 / 19.06.2025
Shamol siljishi tufayli bir necha samolyot Toshkentga qo‘nolmadi

20:22 / 18.06.2025
Qo‘yliq bozorida bo‘g‘ma ilonlarni noqonuniy sotayotganlar jazolandi

14:12 / 14.06.2025