Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qimmatbaho oltin bo‘laklarini noqonuniy ravishda olib ketayotgan fuqaro ushlandi
Yarim kilogrammdan ortiq tilla turli xil shaklda quyilgan 15 ta quymadan iborat bo‘lgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
IIV YHXBBning xabar berishicha, 2022 yil 6 mart kuni soat 21:00 larda, Samarqand viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruvda M-39 xalqaro avtomobil yo‘lida joylashgan "Yuqori nuqta" YPX muntazam maskanida YPX xodimi tomonidan Lacetti mashinasi to‘xtatilgan.
Xolis guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida, 1989 yilda tug‘ilgan haydovchi O.A.ning cho‘ntagi va mashinaning salon qismidan jami 15 dona, turli xil shaklda quyilgan, umumiy og‘irligi 525 gramm miqdorda oltin bo‘laklari topilgan.
Ushbu qimmatbaho bo‘laklar noqonuniy ravishda olib ketilayotganlikda gumonlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan va mashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Bulung‘ur tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:50 / 30.07.2025
Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirildi

15:32 / 30.07.2025
“Samarqandda bolalar dam oladigan joy yo‘q” - Adiz Boboyev yangi parklar tashkil etishni buyurdi

09:49 / 30.07.2025