Andijonda Spark ag‘darilib ketishi oqibatida 1 yoshli bola vafot etdi

Foto: YHXBB matbuot xizmati
Andijon tumanida Mercedes-Benz yuk mashinasini quvib o‘tmoqchi bo‘lgan Spark boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi archaga borib urilgan va ag‘darilib ketgan. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi 23 fevral kuni soat 16:40 larda Andijon tumani Mingo‘rik mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-112 Farg‘ona halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 156-kilometrida sodir bo‘lgan.
Andijon shahrida yashovchi A.D. Spark avtomashinasini boshqarib borayotib, o‘zi bilan bir xil yo‘nalishda oldinda harakatlanib borayotgan Asaka tumanida yashovchi M.M. boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli yuk mashinasining o‘ng tomonidan quvib o‘tmoqchi bo‘lgan. Quvib o‘tish vaqtida yuk mashinasining o‘ng qismiga tegib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi archa daraxtiga borib urilib, ag‘darilgan.
Oqibatda Spark yo‘lovchisi A.M. (2021 yilda tug‘ilgan) tan jarohati olib shifoxonaga olib kelingan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Hozirda mazkur xolat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

09:04 / 18.04.2025
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

20:21 / 16.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Andijonda «Imkoniyatlar olami» markazi bilan tanishdi

16:04 / 16.04.2025
Samarasiz issiqxonalar Andijonga ko‘chirilib, aholiga beriladi

17:56 / 15.04.2025