Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda otasiga tegishli fermer xo‘jaligi yerining gektarini 15 ming dollardan sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida otasiga tegishli fermer xo‘jaligi yerining har bir gektarini 15 000 AQSh dollaridan sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumanida IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, fuqaro J.M. otasi rahbarligidagi “O‘.M.” fermer xo‘jaligiga qarashli yerni fuqaro M.ga har bir gektarini 15 000 dollardan hisoblab sotishga kelishib, 5 gektar yer uchun oldindan 3 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

14:49 / 06.08.2025
Toshkentda uy-joy va yer narxlari pasayishda davom etyapti

12:06 / 26.07.2025
O‘zbekistonda yerlarning eng katta qismi qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan

13:27 / 10.07.2025
Toshkent viloyatida 420 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

12:52 / 24.06.2025