Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonning 2022 yil uchun budjeti salkam 4 trln so‘m bo‘lishi mumkin

Foto: KUN.UZ
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari tomonidan tayyorlangan infografikada 2022 yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasining mahalliy budjet parametrlari tahlil qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2022 yil uchun jami budjet daromadlari 3 trln 874,2 mlrd so‘m miqdorida rejalashtirilgan. Ushbu daromadlarning 61 foizi (2 trln 356,2 mlrd so‘m) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti daromadlari va 39 foizi (1 trln 518,0 mlrd so‘m) esa O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlardan iborat.
2022 yilda yalpi hududiy mahsulot 27,6 trln so‘m bo‘lishi reja qilinib, 2021 yilga nisbatan 5,2 foizga o‘sishi ko‘rsatib o‘tilgan. YaHM 2023 yilda 6 foizga va 2024 yilda 6,4 foizga o‘sishi prognoz qilingan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari hisoblangan sanoat sohasining o‘sish sur’ati 2022 yilda 105,2 foiz, qishloq xo‘jaligi sohasining o‘sish sur’ati 103,2 foiz hamda chakana tovar aylanmasining o‘sish sur’ati 111 foiz bo‘lishi rejalashtirilgan.
Eng ko‘p mablag‘ ajratiladigan sohalar:
- sog‘liqni saqlash sohasi (tashkilot va sohalar uchun taqsimlangan mablag‘larning 32,9 foizi);
- kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga moddiy yordam pullari (15,4 foiz);
- xalq ta’limi sohasi (14,4 foiz);
- investitsiya xarajatlari (8,2 foiz);
- davlat hokimiyati organlari (6,3 foiz);
- obodonlashtirish (5,8 foiz);
- suv xo‘jaligi (5,1 foiz), OTM va maktablar rekonstruksiyasi (4,2 foiz).
2021 yilning oxirida Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev 2022 yilda mahalliy budjet daromadlari 2 trln so‘mga yetkazilishi va 140 foizga o‘sishi ta’minlanishi reja qilingani haqida aytgandi.
Mavzuga oid

10:20 / 24.07.2025
Olti oyda 5,6 trln so‘mlik samarasiz budjet xarajatlari qisqartirildi

21:59 / 23.07.2025
Budjet tizimidagi kamchiliklar sun’iy intellekt orqali bartaraf etiladi

07:34 / 21.07.2025
Budapesht: Yevropa Ittifoqi budjetining 20 foizi Kiyevga ketadi

14:51 / 17.07.2025