Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda giyohvand modda sotayotgan shaxsning mashinasidan 97 gramm geroin topildi

Foto: IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati Urgut tumanida geroin sotayotgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Tog‘li va chegaradosh hududlardagi tezkor bo‘linmalari xodimlari tomonidan Urgut tumani «Torinjak» MFYda yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan G.M.ning ko‘p miqdorda geroin giyohvandlik moddasini sotishi va yashash manzilida saqlab kelayotgani to‘g‘risida tezkor ma’lumot olingan.
Ushbu shaxsning jinoiy faoliyatini fosh etish maqsadida 2022 yil 18 yanvar kuni Urgut tumani «Algar» MFYda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, G.M. fuqaro J.ga ikki dona qog‘oz bo‘lagiga qadoqlangan geroin giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida ushlangan.

Shundan so‘ng, uning Damas mashinasi ko‘zdan kechirilganda, mashinaning salon qismida 2 dona gugurt qutisiga solingan, 7 dona qog‘oz bo‘lagiga va 1 dona tselofan paketga qadoqlangan, sof vazni 96 gramm miqdoridagi geroin giyohvand moddasi borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:02 / 05.08.2025
Urgut tumaniga prokuror hokimlik qiladi

10:01 / 03.07.2025
Olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs giyohvand moddalar muomalasi uchun ushlandi

12:34 / 26.06.2025
Fermerlarning yerini xitoyliklarga berib yuborish bilan tahdid qilgan amaldorning lavozimi ko‘tarildi

11:22 / 18.06.2025