Fermerlarning yerini xitoyliklarga berib yuborish bilan tahdid qilgan amaldorning lavozimi ko‘tarildi
Urgut hokimi o‘rinbosari Zuhriddin Amonov Samarqand viloyati veterinariya boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U yaqindagina fermerlarga videomurojaat qilib, agar rejani bajarmasa, yerlarini xitoyliklarga berib yuborish bilan tahdid qilgani ortidan jamoatchilik e’tiboriga tushgandi.

Foto: Videodan kadr
Urgut tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Zuhriddin Amonov yangi lavozimga tayinlandi. U Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan qo‘mitaning Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga ishga qabul qilingan.
Ushbu tayinlov 2025 yil 10 iyun kuni amalga oshirilgan. Buyruq bilan Zuhriddin Amonovga boshqarmaning barcha bank va moliya hujjatlariga birinchi imzo qo‘yish huquqi berilgan.
Zuhriddin Amonov Urgut tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan. Tuman hokimining bu haqdagi hujjati e-qaror.gov.uz platformasida foydalanish cheklangan axborotlar borligi vaji bilan yashirib qo‘yilgan.
Zuhriddin Amonov avvalroq ekishni xohlamagan fermerlarning yeri xitoyliklarga berilishini aytib, OAV e’tiboriga tushgandi.
“Hurmatli agrofirma raislari, hurmatli mas’ullar! Biz hali Xitoyga borganimizni aytgandik, mana, xitoyliklar kelib, yerlarni ko‘rishni boshladi. Ekishni xohlamagan, pillani, g‘allani bajarmagan, soliq to‘lamaganlarning yerini berishni boshlaymiz. Mana, suvli maydonlarni olaman deyapti xitoyliklar. 2 ming gektar maydonni ko‘rsatib chiqyapmiz. Yana olamiz”, degan u o‘z videomurojaatida.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaldorning bu gapini keskin qoralab, tegishli idoralar holatga huquqiy baho berayotganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid

14:42 / 20.06.2025
2026 yildan davlat xizmatiga ilk marta qabul qilinganlar bilan faqat bir yillik mehnat shartnomasi tuziladi

11:22 / 18.06.2025
Urgutda sud raisi YTH qurboni bo‘ldi

09:33 / 12.06.2025
“Tashqi bosim orqali fermerlarni yerdan mahrum qilishga urinish qonunchilikka mutlaqo zid” – Qishloq xo‘jaligi vazirligi

10:06 / 21.04.2025