Si Jinping Xitoy Qozog‘istonda “rangli inqilob amalga oshirishga urinayotgan tashqi kuchlar”ga qarshi chiqishini aytdi
XXR raisi Xitoy Qozog‘istonni qo‘llab-quvvatlash va qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam berish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishga tayyorligini bildirdi.

Foto: Li Xiang/Xinhua via AP
Xitoy Qozog‘istonda tartibsizliklar uyushtirish va rangli inqilob amalga oshirishni maqsad qilgan tashqi kuchlarga qat’iyan qarshi chiqadi. Bu haqda XXR raisi Si Jinping Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga murojaatida aytdi.
"Xitoy Qozog‘iston barqarorligi va xavfsizligiga tahdid soladigan, rangli inqilobga da’vat qilayotgan har qanday tashqi kuchlarga qat’iyan qarshi", - deya Si Jinpingning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Xitoy markaziy televideniyesi.
U o‘z murojaatida Xitoy ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikka raxna solishga qaratilgan har qanday urinishlarga qarshi chiqishini ta’kidladi.
Si Jinpingning so‘zlariga ko‘ra, "ahil qo‘shni va o‘zgarmas strategik hamkor bo‘lgan Xitoy Qozog‘istonni qo‘llab-quvvatlash va qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam berish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishga tayyor".
Avvalroq, O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Qozog‘istonda zo‘ravonlik hamda vaziyat keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini ta’kidlagandi.
Mavzuga oid

20:14 / 06.06.2025
Qozog‘iston harbiylari Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tadi

14:03 / 06.06.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qiladi

00:15 / 06.06.2025
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi

13:59 / 05.06.2025