AQSh harbiy-dengiz kuchlari lazer qurolini sinovdan o‘tkazdi
AQSh harbiy-dengiz kuchlari USS Portland harbiy kemasida o‘rnatilgan lazer qurolining navbatdagi sinovini o‘tkazdi. Sinovlar Sharqiy Afrika va Arabiston yarimorolini ajratib turuvchi Adan ko‘rfazida o‘tkazilgan.

Foto: U.S. Marine Corps photo by Staff Sgt. Donald Holbert
AQSh HDKning 5-floti lazer quroli sinovlari muvaffaqiyatli o‘tganini va uning yordamida suvdagi nishon yo‘q qilinganini ma’lum qilgan. 2020 yilda xuddi shu kemadan harbiylar lazer yordamida dronni urib tushirishgandi.
Adan ko‘rfazi Yaman joylashgan Arabiston yarimorolini yuvib turadi. Yamanda 2014 yildan beri fuqarolik urushi davom etmoqda. Mamlakat prezidenti Abd Rabbo Mansur Xodiyni qo‘llab-quvvatlovchi Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi va isyonchi husiylar o‘rtasida kurash bormoqda.
AP axborot agentligining yozishicha, lazer quroli husiylar Qizil dengizda qo‘llaydigan masofadan boshqariluvchi minalashtirilgan qayiqlarga qarshi qo‘llanishi mumkin.
Mavzuga oid

17:41 / 06.07.2025
AQShda qullikni bekor qilish haqidagi hujjat 13,7 mln dollarga sotildi

15:19 / 06.07.2025
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda

11:10 / 06.07.2025
“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin...” - AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat

22:28 / 05.07.2025