Sirdaryoda o‘zganing 8 ming dollar mablag‘ini ishlatib yuborgan firibgar aniqlandi

Foto: Tergov departamenti
Sirdaryo viloyati o‘zganing ishonchiga kirib, uning 8 ming dollar mablag‘ini ishlatib yuborgan firibgar aniqlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma'lum qildi.
2020-2021 yillar davomida 34 yoshli F.K. tanishi 37 yoshli S.O.ning ishonchiga kirib Sardoba tumanida joylashgan g‘isht ishlab chiqarish zavodini kadastr hujjatlarini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi qarindoshlari orqali hal qilib berishni va'da qilib, dastlab 3000 dollar, keyinchalik 5000 dollar miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib, g‘isht ishlab chiqarish zavodini uning nomiga rasmiylashtirib bermasdan, jami 8000 dollar miqdoridagi pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan F.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

00:08 / 04.06.2025
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi

16:47 / 02.06.2025