Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Benzin narxi oshishida manipulyatsiya holatlari aniqlandi - Aksilmonopoliya qo‘mitasi
Aksilmonopol qo‘mita benzin narxi oshishida “manipulyatsiya holatlari” aniqlanganini ma'lum qildi. Qo‘mita raisi o‘rinbosari “kerakli choralar” ko‘rilishi, yaqin 10 kun ichida narxlarda “o‘zgarish bo‘lishi”ni aytdi.

Foto: AOKA
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Qoraboyev 16 noyabr kungi matbuot anjumanida benzin narxi bo‘yicha berilgan savolga javob berdi.
“Monopoliya qarshi kurashish qo‘mitasi bu vaziyatda tomoshabin bo‘lib o‘tirgani yo‘q, narxlarga ta'sir quluvchi omillar o‘rganildi, aniq choralar ko‘rilyapti.
Bitta narsani tushunishimiz kerak, qayerda bozor mexanizmlari asosida tabiiy o‘sish kuzatilgan bo‘lsa, biz unga ta'sir ko‘rsata olmaymiz. Lekin sun'iy ravishda yuzaga keltirilgan, kelishib qilingan, manipulyatsiya harakatlariga ta'sir ko‘rsatish mumkin.
Benzin narxi oshishida ham manipulyatsiya holatlari, arzon narxdagi benzinni sun'iy ravishda annulyatsiya qilish alomatlari aniqlandi. Bunga albatta kerakli choralar ko‘riladi.
Narxlarni barqarorlashtirish, tushirish bo‘yicha harakatlar davom etyapti; bu – vaqt talab qiladigan masala, lekin yaqin kunlarda narxlarda o‘zgarish bo‘ladi.
Ayni paytda bozorni to‘yintirish, arzon narxlar asosida kichik xaridorlarga imkoniyat berish masalasiga e'tibor qaratilyapti. Chunki hozir nima bo‘lyapti? Yirik, ulgurji xaridorlar juda kichik rentabellikka ishlaydi, ularning savdo jarayonida balandroq taklif berish imkoni ko‘proq.
Shuning uchun ham lotlar kichik hajmda qilinmoqda, bundan maqsad – oddiy AYoQShlarning benzinni olishi va zaxirasini to‘ldirishiga imkoniyat yaratishdan iborat. Bu narxlar sun'iy ravishda ko‘tarilishining oldini olishga yordam beradi.
Men hozir aniq aytolmayman, ammo yaqin 10 kunlik ichida narxlarda o‘zgarish bo‘ladi”, – dedi Farrux Qoraboyev.
Mavzuga oid

23:01 / 25.07.2025
Qimmat benzin, sharoiti yo‘q poyezdlar va muammoli UzIMEI - Iste’molchi huquqi himoya qilinyaptimi?

12:22 / 20.07.2025
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?

22:51 / 17.07.2025
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi

20:58 / 15.07.2025