Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti Solih Panjsherni tark etib Tojikistonga ketdi – OAV
«Tolibon» Afg‘onistonda hukumatni egallaganidan so‘ng prezident Ashraf G‘ani mamlakatni tark etgach, vitse-prezident Amrulla Solih o‘zini mamlakat prezidenti deb e'lon qilgandi.

Foto: AFP
Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti Amrulla Solih Panjsherni tark etdi va Tojikistonga ketdi. Bu haqda TASS o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
«Panjsherdagi vaziyat ancha murakkab. Toliblar hududni to‘rt tomondan qamal qilgan, viloyatga internet, elektr va telefon aloqasini bermayapti. Solih o‘tgan tunda Panjsherni tark etdi va Tojikistonga yo‘l oldi. U allaqachon o‘sha yerda bo‘lsa kerak», – degan agentlik manbasi.
15 avgust kuni «Tolibon» Afg‘onistonda hukumatni egallaganidan so‘ng prezident Ashraf G‘ani mamlakatni tark etgach, vitse-prezident Amrulla Solih o‘zini mamlakat prezidenti deb e'lon qilgandi.
Keyinroq Solihning Panjsher viloyatida ekanligi ma'lum qilindi. Panjsher hozirda toliblar nazoratiga o‘tmagan yagona viloyat bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid

19:22 / 25.07.2025
Konibodomdagi seriyali qotilliklar bo‘yicha to‘rt kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

12:54 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Tojikiston chegaraoldi savdo markazlarini ochish rejalashtirilmoqda

20:51 / 21.07.2025
O‘zbekistonning bir qancha fuqarosi telefonida taqiqlangan kanallarga obuna bo‘lgani uchun Rossiyaga kiritilmadi

21:25 / 20.07.2025