O‘zbekiston Afg‘onistondan yana 400 nafarga yaqin qochqinni qabul qildi - OAV
O‘zbekiston Afg‘onistondan yana 400 nafarga yaqin qochqinni qabul qildi, ular o‘zbek-afg‘on chegarasi yaqinidagi kovid-markaz hududiga joylashtirildi. Bu haqda TASS o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
“Qochqinlarning yangi guruhi Termizga samolyotlarda olib kelindi, ularning PZR-testlari manfiy natija berdi. Ular nima uchun qo‘riqlanayotgan hududga joylashtirilgani noma'lum”, – degan manba.
Gazeta.uz manbasiga ko‘ra, Termiz tumanida afg‘on qochqinlari uchun chodirli lager tashkil etilgan.

Avvalroq O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jami 585 nafar afg‘on harbiysi 22 ta harbiy samolyot va 24 ta harbiy vertolyotda O‘zbekistonga kirib kelgani haqida ma'lum qilgan, keyinroq bu ma'lumotini oxirigacha tekshirilmagan deb atagandi.
Sputnik'ning yozishicha, O‘zbekistonga samolyot va vertolyotlar orqali kelgan 650 ga yaqin afg‘on harbiylari mahalliy harbiy poligon yaqinidagi kovid-markaziga vaqtincha joylashtirilgan.
Juma kuni TIV afg‘onistonlik 150 nafar qochqin “Tolibon” tomonidan xavfsizligi kafolatlanganidan so‘ng o‘z mamlakatiga qaytarilganini bildirdi. 585 nafar harbiy masalasi ochiq qolmoqda.
Mavzuga oid

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

07:02 / 16.04.2025
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi

20:09 / 15.04.2025