Surxondaryoda fuqaroning pochta sifatida bergan pullarini o‘zlashtirgan taksichiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: KUN.UZ
Surxondaryoda fuqaroning pochta sifatida bergan pullarini aytilgan manzilga yetkazmasdan, o‘zlashtirib yuborgan taksichiga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 26 iyul kuni Bandixon tumani Bahoriston mahallasida yashovchi E.Nurjahon Termiz shahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z murojaatida joriy yil 24 iyun kuni Denov tumani Guliston mahallasida yashovchi Yu.Ma'ruf Termizdagi avtoshohbekatda 150 AQSh dollar pulini Uzun tumaniga pochta tarzida olib borib berishini aytib olganini, ammo pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 6 avgust kuni Yu.Ma'rufga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

10:06 / 07.06.2025
Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sirga ega dorilarni sotayotganlar ushlandi

19:06 / 03.06.2025
Qatldan qochganlar: mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng shov-shuvli qamoqdan qochish ishi

19:09 / 30.05.2025
Sariosiyo aeroporti 30 yildan so‘ng faoliyatini tikladi

20:35 / 27.05.2025