Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya janubida o‘rmon yong‘inlari sababli minglab odamlarni evakuatsiya qilish boshlandi
Yong‘inlar dushanba kuni tushdan keyin boshlangan va tongga yaqin 5000 gektar maydonga tarqalgan.

Fransiya janubidagi Var departamentida o‘rmon yong‘inlari sababli minglab odamlarni evakuatsiya qilish boshlandi. Bu haqda Var prefekturasi ma'lum qildi.
Xabar qilinishicha, kempinglarda yashovchi turistlar ham xavfsiz joyga ko‘chirilmoqda.
Yong‘inlar oqibatida uch kishi yengil jarohatlandi, 19 kishi tutundan zaharlandi, deb xabar bermoqda BFMTV.
Yong‘inlar dushanba kuni tushdan keyin boshlangan va tongga yaqin 5000 gektar maydonga tarqalgan.
Qayd etilishicha, 100 ga yaqin uyga shikast yetgan, Charlemagne kempingi butunlay yonib ketgan. Regionda bir nechta avtomobil yo‘llari yopib qo‘yilgan.
Yong‘inlarni o‘chirish ishlarida 700 nafar o‘t o‘chiruvchi ishtirok etmoqda. Ularga kuchli jazirama, qurg‘oqchilik va shamol xalaqit bermoqda.
Mavzuga oid

13:26
Fransiya: YeI Rossiyaga qarshi eng qattiq sanksiyalarni tayyorlamoqda

08:12 / 06.07.2025
Parijda 100 yillik taqiqdan keyin Senada cho‘milishga ruxsat berildi

07:26 / 05.07.2025
Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari 22 ming gektardan ortiq maydonni qamrab oldi

21:57 / 04.07.2025