Buyuk Britaniya mudofaa vaziri mamlakat harbiylari Afg‘onistonga qaytmasligini aytdi
Ben Uollesning fikricha, «Tolibon»ning hokimiyatni egallashi boshqa mamlakatlarga migrantlar oqimi o‘sishiga olib keladi.

Foto: oxu.az
Buyuk Britaniya o‘z harbiy kontingentini Afg‘onistonga qaytarishni mo‘ljallamayapti. Bu haqda qirollik mudofaa vaziri Ben Uolles Sky News telekanali efirida aytdi.
«Qaytib borish rejamizga kiritilmagan», dedi u bu boradagi savolga javoban.
Uning fikricha, «Tolibon»ning hokimiyatni egallashi boshqa mamlakatlarga migrantlar oqimi o‘sishiga olib keladi.
«Butun dunyo bo‘yicha afg‘onistonlik migrantlar oqimi o‘sishiga guvoh bo‘lamiz», — dedi Uolles.
Uolles 13 avgust kuni LBC radiosiga bergan intervyusida Afg‘onistonda «Al-Qoida» kuchaygan taqdirda g‘arb mamlakatlari harbiylari yana u yerga qaytishi mumkinligini aytgandi.
U avvalroq Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishini xato deb atagandi.
Mavzuga oid

10:24
O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga o‘rik danagi mag‘zi eksporti yo‘lga qo‘yildi

20:31 / 21.04.2025
Britaniyada siniq guldon 60 ming dollarga sotildi

18:29 / 21.04.2025
Britaniya artilleriya snaryadlari va geksogen ishlab chiqarishni keskin oshiradi

20:43 / 17.04.2025