O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga o‘rik danagi mag‘zi eksporti yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekistonda yetishtirilgan o‘rik danagi mag‘zi Britaniyaning yetakchi savdo tarmoqlarida sotiladi.

Foto: EastFruit
O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga ilk marotaba o‘rik danagi mag‘zi eksport qilindi, deb xabar derdi «Dunyo» axborot agentligi.
Qayd qilinishicha, mahsulotning dastlabki partiyasi shu yil 18 aprel kuni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining «Toshkent-London» yo‘nalishidagi reys orqali London shahriga yetkazib berilgan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda yetishtirilgan o‘rik danagi mag‘zi Britaniyaning yetakchi savdo tarmoqlarida sotiladi.
Xabarga ko‘ra, hozirgi kunda respublika korxonalari tomonidan Britaniya bozorlariga 30 xildan ortiq turdagi tovarlar, xususan, uzum, quritilgan va konservalangan meva hamda sabzavotlar, yong‘oq, qovun va dukkakli mahsulotlar eksporti amalga oshirilyapti.
Mavzuga oid

15:34 / 04.07.2025
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash tartibi tasdiqlandi

14:55 / 03.07.2025
London va Berlin o‘zaro mudofaa shartnomasini imzolaydi

12:10 / 03.07.2025
Samarqandda eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘ni o‘zlashtirgan mansabdorlar aniqlandi

21:41 / 01.07.2025