Surxondaryoda bankda garovda turgan «Isuzu»ni sotib, pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida bankda garovda turgan «Isuzu» yuk mashinasini sotib, pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2020 yil 24 iyun kuni Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan MChJ boshlig‘i, tumanning Arpapoya mahallasida yashovchi, MChJ boshlig‘i Yu.Mansur Jarqo‘rg‘on tumani Mustaqillik mahallasida yashovchi, I.Jo‘rabekka MChJga qarashli «Isuzu» yuk mashinasini 620 million so‘mga baholab, ma'lum shart evaziga sotgan.
Shartga ko‘ra Yu.Mansur I.Jo‘rabekdan 409 million so‘m olib, qolgan pullarni 1 yil davomida to‘lashini, keyin mashinani uning nomiga rasmiylashtirib berishga kelishishgan.
Qayd etilishicha, «Isuzu» Yu.Mansurning bankdan olgan krediti evaziga garovda turgan bo‘lsa-da, ushbu kredit mablag‘larini to‘lamasdan, I.Jo‘rabekdan olgan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Oqibatda, 2021 yil 28 may kuni I.Jo‘rabek tasarrufida bo‘lgan «Isuzu» yuk mashinasini bank xodimlari Yu.Mansurning kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun olib qo‘ygan.
Ta'kidlanishicha, joriy yil 26 iyul kuni Yu.Mansurga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

10:06 / 07.06.2025
Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sirga ega dorilarni sotayotganlar ushlandi

19:06 / 03.06.2025
Qatldan qochganlar: mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng shov-shuvli qamoqdan qochish ishi

19:09 / 30.05.2025
Sariosiyo aeroporti 30 yildan so‘ng faoliyatini tikladi

11:58 / 24.05.2025