Avstraliyalik olimlar qora sedana koronavirusga qarshi samarali ekanligini aniqlashdi
Modelli tadqiqotlar natijasida Nigella Sativa tarkibidagi timoxinon ingrediyenti SARS-CoV-2 virusini to‘sib, uning o‘pka infeksiyasini chaqirishiga yo‘l qo‘ymasligi aniqlangan.

Sidney texnologiya universiteti olimlari (University of Technology Sydney, UTS) COVID-19’dan davolashda Nigella Sativa (qora sedana) o‘simligidan foydalanishni taklif qilmoqda, deyiladi UTS xabarida.
Qayd etilishicha, qora sedana urug‘idan asrlar davomida ko‘plab kasalliklar, jumladan, shamollash va infeksiyalarga qarshi kurashda foydalanib kelingan.
Olimlarning ma'lumot berishicha, modelli tadqiqotlar natijasida Nigella Sativa tarkibidagi timoxinon ingrediyenti SARS-CoV-2 virusini to‘sib, uning o‘pka infeksiyasini chaqirishiga yo‘l qo‘ymasligi aniqlangan.
Timoxinon laboratoriyalarda, xususan, hayvonlarda keng o‘rganilgan. Ma'lum bo‘lishicha, bu modda immun tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Nigella Sativa shuningdek, laboratoriya sharoitida tilla stafilokokk kabi bakteriya va gripp virusini ham yo‘qotishda samarali ekanligini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid

22:03 / 19.03.2025
Braziliyadagi ko‘rshapalaklarda yangi koronavirus topildi

15:37 / 21.02.2025
Xitoyda ko‘rshapalaklar orasida yangi koronavirus aniqlandi

17:01 / 26.01.2025
MRB koronavirusning laboratoriyadan kelib chiqqani haqidagi hisobotni e’lon qildi

17:49 / 01.01.2025