Bag‘doddagi teraktda 25 kishi halok bo‘ldi
19 iyulda Bag‘dod sharqida sodir etilgan terakt vaqtida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, 47 kishi jarohat oldi. Bu haqda Shafaq News portali xabar berdi.

Foto: shafaq.com
Ma'lumotlarga ko‘ra, Iroq poytaxtining Madinat-Sadr tumanidagi bozorda portlovchi qurilma harakatga keltirilgan. Portlash katta talafotlarga olib kelgan, bir nechta do‘kon yonib ketgan.
Huquq-tartibot idoralari ushbu hodisani terakt deb tasniflagan va unda qo‘lbola bomba qo‘llanganini ta'kidlab o‘tgan. Shu bilan birga, politsiya ushbu hujum ortida xudkush turgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy hujumni darhol tergov qilishni hamda Madinat-Sadrdagi politsiya bo‘linmalaridan birining boshlig‘ini hibsga olishni buyurgan.
Terakt uchun javobgarlikni hozircha birorta guruh o‘z zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid

12:20 / 02.06.2025
Rossiyada Bryansk va Kurskda ko‘priklar qulashi terakt deb tan olindi

11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti

10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi

08:37 / 25.04.2025