Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
Britaniya politsiyasiga ko‘ra, «Liverpul» futbol muxlislari ustiga mashina haydalgani «alohida hodisa» hisoblanadi. U qo‘lga olingan shaxsning ehtimoliy sheriklarini qidirmayapti.

Foto: Darren Staples/AFP/Getty Images
26 may, dushanba kuni jamoaning Angliya premer-ligasidagi g‘alabasini nishonlayotgan «Liverpul» futbol muxlislari ustiga mashina haydalib, 27 kishi jarohat oldi, bu «yakka hodisa» bo‘lib, terrorizm bilan bog‘liq emas. Britaniya politsiyasi shu kuni kechqurun sodir bo‘lgan voqeaga shunday baho berdi.
Mersisayd politsiyasi boshlig‘i yordamchisi konstebl Jyennifer Sims matbuot anjumanida shunday dedi: "Biz bu alohida hodisa ekanligiga ishonamiz va hozirda u bilan bog‘liq hech kimni qidirmayapmiz". Uning qo‘shimcha qilishicha, olomon ustiga haydab borilgan mashina haydovchisi 53 yoshli oq tanli Britaniya fuqarosi bo‘lib, voqeadan ko‘p o‘tmay qo‘lga olingan.
26 may kuni kechqurun, politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, futbol ishqibozlarining chempionlikni nishonlashi chog‘ida avtomobil «piyodalar qatoriga borib urilgan». Voqea joyida bo‘lgan AFP muxbirining xabar berishicha, u kamida to‘rt kishi zambilda olib ketilganini ko‘rgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ushbu fojiali voqea munosabati bilan 27 kishiga shifoxonada yordam ko‘rsatilgan. Dpa axborot agentligining Britaniya rasmiylariga tayanib xabar berishicha, kamida ikki kishi, jumladan, bir bolaning jarohati jiddiy deb baholanmoqda.
Mavzuga oid

00:38 / 27.05.2025
Liverpulda haydovchi mashinasini futbol ishqibozlari ustiga haydadi

10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari

14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari

10:40 / 05.05.2025