Koronavirusning hindcha shtammi butun Yevropaga tarqalishi taxmin qilindi
Koronavirusning delta-varianti 60dan ortiq mamlakatda aniqlangan. U koronavirusning dastlabki shtammiga nisbatan 60 foizga yuqumli, deb hisoblanmoqda.

Yevropa kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi rahbari Andrea Ammon koronavirusning hindcha shtammi tezlik bilan butun Yevropaga tarqalishini taxmin qildi, deb yozadi The Independent.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yil avgustiga borib, Yevropa hududidagi koronavirus yuqtirish holatlarining 90 foizi virusning delta-variantiga to‘g‘ri keladi. U shuningdek, emlanmaganlar orasida kasallik yuqtirishlar soni keskin o‘sishini aytdi.
Nashrning yozishicha, virusning hindcha shtammi Fransiya va Ispaniyada qayd etilgan. U Belgiya, Italiya va Portugaliyada allaqachon tarqalgan.
Koronavirusning delta-varianti 60dan ortiq mamlakatda aniqlangan. U koronavirusning dastlabki shtammiga nisbatan 60 foizga yuqumli, deb hisoblanmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusning «hindcha» shtammi aniqlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

00:30
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

23:21 / 15.05.2025