29 mamlakatda koronavirusning yangi shtammi tarqalgani aniqlandi
Bu mutatsiya ko‘proq Janubiy Amerikada tarqalgan va hozircha yetarli darajada o‘rganilmagan.

29 mamlakat, asosan Janubiy Amerikada koronavirusning «lyambda» deb nomlangan yangi shtammi aniqlandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lum qildi, deb xabar berdi Sinxua agentligi.
JSSTning qayd etishicha, «lyambda» shtammi ilk bor Peruda aniqlangan bo‘lib, 14 iyun kuni «tarqalish sur'ati yuqoriligi sababli qiziqish uyg‘otuvchi variant» deb e'tirof etilgan.
Peru hukumatining ma'lumot berishicha, aprel oyidan buyon aniqlangan kasallanish holatlarining 81 foizi mazkur shtammga to‘g‘ri keladi.
Chilida oxirgi 60 kundagi holatlarning 32 foizida ushbu shtamm aniqlangan.
JSST ma'lumotiga ko‘ra, «lyambda» shtammi virusning yuqumlilik xususiyatini oshiruvchi yoki uning antitanalarga chidamliligini kuchaytiruvchi mutatsiyaga ega, ammo yangi shtamm to‘g‘risidagi ma'lumotlar hozircha yetarli emas.
Mavzuga oid

00:30
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

23:21 / 15.05.2025