Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda «Nexia» zovurga tushib ketdi. Haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan

2021 yilning 5 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida «Nexia» mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida zovurga tushib ketgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Amudaryo tumani hududidan o‘tgan 4R-181 A-380 avtomobil yo‘lida 39 yoshli K.J. «Nexia» avtomobilida harakatlanib kelayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda mashina yo‘lning chap tarafidagi zovurga tushib ketgan.
Ko‘p suv yutish oqibatida haydovchi mashinadan chiqolmay, voqea joyida halok bo‘lgan.
YTH sodir bo‘lgan avtomobil yo‘lida yo‘l chiziqlari mavjud emasligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:45 / 01.08.2025
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

12:33 / 01.08.2025
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi

14:38 / 31.07.2025
Surxondaryoda Nexia maktab oldidagi piyodalar yo‘lagida 8 yoshli qizaloqni urib o‘ldirdi

11:07 / 31.07.2025