Andijon – O‘sh yo‘nalishida mikroavtobuslar qatnovi qayta tiklandi
Joriy yilning 1 iyun sanasidan Andijon – O‘sh yo‘nalishida mikroavtobuslar qatnovi qayta tiklanib, Qirg‘izistonga tegishli “Transordo” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 12 dona zamonaviy mikroavtobuslar qatnovlarni amalga oshirishni boshladi.

Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu qatnovlar 2019 yilning 25 sentabr sanasidan yo‘lga qo‘yilgan edi. 2020 yilda respublika hududiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.
Davlat chegaralarini kesib o‘tish jarayonida ikki davlat fuqarolaridan so‘nggi 72 soat ichida o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasi yo‘qligini ko‘rsatuvchi PZR testi natijalari hamda O‘zbekiston fuqarolaridan xorijga chiqish biometrik pasporti mavjud bo‘lishi talab etiladi.
Mavzuga oid

22:28 / 03.06.2025
Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir etildi

21:23 / 02.06.2025
Andijonda fuqaro zapravka hududida 2 ta bo‘ri boqib kelgani ma’lum bo‘ldi

19:03 / 28.05.2025
Andijonda YPX xodimlaridan qochgan Nexia-2 boshqa avtomobillar bilan to‘qnashdi

22:14 / 27.05.2025